Namanganlik tadbirkor 426,3 mln so‘mlik elektr energiyasini «o‘margan»

eʼlon qilindi
Holat Namangan shahrining “Zarbdor” mahallasida bo‘lgan
Foto: T.me/uzbprokuratura

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish shtabi tomonidan Namanganda 157,9 ming kVt. soat elektr energiyasi o‘g‘irlangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Namangan shahrining «Zarbdor» mahallasida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor oʻz savdo doʻkonidagi elektr qurilmalarini hisoblash uskunasidan tashqari oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulagan. Oqibatda, 426,3 mln soʻmlik 157,9 ming kVt. soat elektr energiyasidan tijorat maqsadida foydalangan.

Foto: T.me/uzbprokuratura

Holat yuzasidan tadbirkorga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va protsessual tartibda qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxorodagi fermer qariyb 4 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek