Agrobankga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

eʼlon qilindi
2,62 mlrd so‘m bo‘lgan 10 ta davlat xaridlari qonunchilika zid bo‘lgan
Foto: Agrobank ATB Navoiy viloyati

Agrobank faoliyatida 2023/2024-yillarda o‘tkazilgan tender savdolarida qonunchilikka rioya etilmaganlik holati bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi tomonidan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruvlar davomida Agrobank tomonidan o‘tkazilgan tanlov savdolarida qiymati 2,62 mlrd so‘m bo‘lgan 10 ta davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilmagani aniqlandi.

Agrobank tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasiga zid ekanligi belgilangan.  

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Ipak yo‘li» banki tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik bo‘yicha raqobat qo‘mitasi moliyaviy jarima qo‘llagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek