Yangiliklar

Osiyo o‘yinlaridan keyin Olimpiya shaharchasidan qanday foydalaniladi

O‘zbekiston rahbariyati ma’lum qildi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Toshkentda yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilayotgan Olimpiya shaharchasidan ushbu musobaqalar yakunlanganidan keyin ham foydalaniladi, deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati.

Bir kun avval davlat rahbari obyektning qurilish maydonini ko‘zdan kechirdi.

Turnir 2025-yilda o‘tkaziladi. U yakunlangach, obyekt sport-sog‘lomlashtirish markaziga aylanadi.

Bu yerga O‘zbekiston Sport vazirligi, shuningdek, Davlat sport akademiyasi, Jismoniy tarbiya ilmiy-tadqiqot instituti, Antidoping agentligi va Sport turlarini rivojlantirish markazi ko‘chirilishi kutilmoqda.

Shaharcha infratuzilmasidan professional sportchilar uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalaniladi.

Majmuaning maydoni 100 gektarni tashkil etadi. 12 ming o‘rinli stadion, 2 ming o‘rinli velodrom, yakkakurash va jamoaviy o‘yinlar majmuasi, sport saroyi qurib bitkazildi. 15 ta maydoncha va ma’muriy bino ochilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasini ko‘zdan kechirgani haqida yozgan edi.