Kuni kecha Milliy kino saroyida «Pandemiya» filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar beradi.
Premyeraga 4 mingdan ortiq tomoshabinlar tashrif buyurdi. Film Kinematografiya agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasi bilan «Yagona Cinema» studiyasi tomonidan yaratilgan. U 2020-yilda mamlakat pandemiya davrida duch kelgan qiyinchiliklarni yoritadi va COVID-19 virusiga qarshi kurashda shifokorlarning jasorati haqida hikoya qilinadi.
Filmni rejissor Abu Tolib Adamqulov tayyorlagan. Bosh rollarda taniqli aktyorlar Matyoqub Matchonov va Tamara Mirmaqsudova ishtirok etishgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiya va O‘zbekiston birgalikda filmlar ishlab chiqarishini yozgan edi.