11-sentabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov bilan uchrashdi va unga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi, deb xabar berdi QR prezidenti Telegram-kanalida.
«O‘zbekiston sportga katta e’tibor qaratmoqda. Biz esa oxirgi uch yildagina sportchilarimizni faol qo‘llab-quvvatlay boshladik. Ilgari musobaqalarda ishtirok etish uchun mablag‘ni o‘z vaqtida bera olmagan holatlarimiz ham bo‘lgan. Hozirda davlat barcha zarur sharoitlarni, hatto vitaminlar bilan ta’minlashni ham boshladi», dedi qo‘shni davlat rahbari.
Qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uulu Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritib, qirg‘izistonlik boks tarixidagi ilk Olimpiada sovrindori bo‘ldi. Uning murabbiyi Olimpiadaga bora olmagani uchun Hasanov 1/8, chorak final va yarim finalda uning sekundanti bo‘ldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Akmal Hasanov «Chingiz Aytmatov» medali bilan taqdirlanganini yozgan edi.