Rossiya Davlat Dumasiga migrantlar farzandlari uchun bepul ta’lim berilishini cheklovchi qonun qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Moskow region today nashri ma’lum qildi.
Qonun loyihasi mualliflaridan biri bo’lgan Davlat Dumasi deputati Yaroslav Nilov oxirgi paytlarda Rossiya maktablarida migrantlar farzandlari soni keskin ko’payganini, ba’zida ularning soni ruslarnikidan ustun bo‘lib qolayotgani, oqibatda esa ta’lim jarayoni murakkablashayotgani haqida ta’kidladi.
«Rossiyadagi ota-onalar hamjamiyatida sinflardagi migrantlar farzandlari sonining ko‘payishi va buning bog‘cha va maktablardagi ta’lim sifatiga ta’siri masalasi faol ko‘tarilmoqda. Aksariyat hollarda migrantlarning bolalari rus tilida no‘noq yoki umuman bilmaydi», – deydi Nilov.
Qonun chiqaruvchining qo‘shimcha qilishicha, rus bolalari boshqa mamlakatlar yoshlarining juda ko‘pligidan aziyat chekmasligi kerak.
«Ular uchun nafaqat ta’lim bepul, balki begona submadaniyatni o‘rnatish orqali o‘z qoidalarini ham o‘rnatib olayapti. Migrant ota-onalarga iltimosim, istasalar farzandlarini xususiy ta’lim muassasalariga joylashtirsin», — deya ta’kidlaydi Nilov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Rossiya bilan migratsiya sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ahamiyati haqida so‘zlagan edi.