Rossiya va O‘zbekiston birgalikda filmlar ishlab chiqaradi

eʼlon qilindi
Bitim doirasida
Rasm: Unsplash

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida kino ishlab chiqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, deb xabar berdi Rossiya madaniyat vaziri Olga Lyubimova o‘z Telegram-kanalida.

Tegishli vazirlik rahbari Yevroosiyo kinematografiya san’ati akademiyasini tashkil etishda o‘zbekistonlik hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, Yevroosiyo hududida suratga olingan filmlar uchun mukofot tashkil etish rejalashtirilgan.

Lyubimova O‘zbekiston delegatsiyasining Sankt-Peterburgdagi birlashgan madaniyatlar X xalqaro forumida ishtirok etishi va Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Kursiv Uzbekistan 2023-yilda O‘zbekistonda «Rossiya mavsumlari» tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek