Yangiliklar

Tojikiston fuqarolari zaruratsiz Rossiyaga safardan vaqtincha voz kechish tavsiya qilindi

RFda joriy etilgan nazorat tadbirlari Crocus City Hall bilan bog‘liq
Foto: CGAP

Rossiyadagi Tojikiston elchixonasi Tojikiston fuqarolariga Rossiyaga chiqishni zarur ehtiyojlar bo‘lmasa to‘xtatib turishlarini tavsiya qildi.

Rossiya Federatsiyasida xorijiy mamlakatlar fuqarolarining kirib kelishi bo‘yicha kuchaytirilgan nazorat rejimi davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27-aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova chegaradan o‘tuvchi shaxslarni fuqaroligidan qat’i nazar, tekshirish tadbirlarini e’lon qilgan edi.

Rossiyada joriy etilgan nazorat tadbirlari, Crocus City Hall’da sodir etilgan terrorchilik harakati bilan bog‘liq.