Tramp va Xarrisning saylovoldi bahslari qanday o‘tdi
Donald Tramp va Kamala Harris ishtirokidagi saylovoldi debatlarining birinchi bosqichi Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSH) bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari lavozimiga nomzodlar tashqi siyosat, immigratsiya va sog‘liqni saqlash muammolarini muhokama qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Bahslar opponentlarning kutilmaganda bir-birlari bilan qo‘l berib ko‘rishishlaridan boshlandi. 2016-yildan beri munozaralarda bunday bo‘lmagan.
Muzokaralar davomida Harris AQShning bir qator shtatlarida mavjud bo‘lgan abort cheklovlarini tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Uning raqibi bu fikrni rad etdi, ammo u lavozimga saylangan taqdirda ushbu muammoni hal qiladimi yoki yo‘qmi, deb javob berishdan bosh tortdi.
Harris, shuningdek, Trampning xorijiy tovarlarga soliqlarni oshirish bo‘yicha taklifini tanqid qildi. Nomzodlar Yaqin Sharq va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi, ammo ularning hech biri harbiy mojarolarni to‘xtatish bo‘yicha aniq choralarni taklif qilmadi.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bahslarning borishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aynan oldingi bosqichdan so‘ng AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden saylov kampaniyasida ishtirok etishdan voz kechishga qaror qilgan.
PredictIt kompaniyasi debatlar yakunida Trampning saylovda g‘alaba qozonish imkoniyatini 47 foizga, Harrisni 55 foizga baholagan xabarni e’lon qildi.
Kursiv Uzbekistan Tramp saylovda g‘alaba qozongan taqdirda tadbirkor Ilon Maskni hukumat samaradorligi bo‘yicha komissiya rahbari etib tayinlashni rejalashtirgani haqida yozgan edi.