«Umra – 2024». Yangi mavsumdagi birinchi ziyoratchilar Saudiya Arabistoniga joʻnab ketdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Birinchi guruhdan 240 nafar ziyoratchi joy oldi
Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Joriy yilning 10-sentabr kuni «Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi. Bu haqda Din ishlar boʻyicha qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, birinchi guruh Toshkentdan Saudiya Arabistoniga uchib ketdi. Dastlabki reysdan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Fargʻona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahridan 240 nafar ziyoratchi joy oldi.

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Qoʻmitaning ta’kidlashicha, ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 8 kun bo‘ladi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda Oʻzbekistondan 15 mingdan ortiq fuqaro Haj ziyoratini amalga oshirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Umrani litsenziyasiz tashkil qilgan kompaniyalar 68 million soʻm jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek