Yangiliklar

Uzbekistan Airports tender muddatini uzaytirdi

Aniqlik kiritish uchun so‘rovlar topshirishning oxirgi muddati 1-oktabrigacha belgilandi
Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Uzbekistan Airports tomonidan «Urganch xalqaro aeroportini DXSh modelida modernizatsiya qilish va boshqarish» loyihasi yuzasidan tender muddati uzaytirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilganidek, loyiha bo‘yicha tenderning birinchi bosqichi joriy yilning 1-avgust kuni «Qurish, boshqarish, topshirish» bo‘yicha e’lon qilingan edi.

Ma’lum qilinishicha, ishtirok etuvchilarning so‘roviga muvofiq birinchi bosqich uchun arizalarni topshirish muddati uzaytirildi.

Yangi muddatlar, aniqlik kiritish uchun so‘rovlar topshirishning oxirgi muddati joriy yil birinchi oktabr soat 18:00 gacha, malaka so‘rovi bo‘yicha esa oxirgi muddat birinchi noyabrigacha Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar qilib belgilandi.          

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAirports Nukus aeroportiga nisbatan ish qoʻzgʻatilganini rad etgani haqida xabar bergan edi.