![](https://cdn-uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2024/01/piqsels.com-id-svlpr-1024x640.jpg)
Bugun, 12-sentabr kuni respublikada issiq havo kuzatiladi. O‘zbekistonda o‘rtacha havo harorati 31-darajadan tepa bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Poytaxtda havo bulutli va o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda, biroq yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi havo 31-daraja issiq, kechga kelib 16-daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 23-darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 5-10 daraja salqin bo‘ladi.