Yangiliklar

140 nafar mahkum jazoni o‘tash muddatidan oldin ozod etildi

Shuningdek, huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 70 nafar fuqaro qabul qilindi
Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Qashqadaryoda Oliy sud raisi Ikrom Muslimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan sayyor qabul o‘tkazilib, qabul davomida 140 nafar mahkum muddatdan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, qabul davomida qashqadaryolik fuqarolarning sud-huquq tizimi doirasida murojaatlari o‘rganilib, huquqiy maslahat va ko‘mak so‘rab kelgan 70 nafar fuqaro qabul qilindi. Murojaatlarning 35 tasi jinoyat sudloviga, 20 tasi fuqarolik sudloviga, 6 tasi iqtisodiy sudlovga hamda 9 tasi ma’muriy sudlovga tegishli bo‘lgan.

Bundan tashqari, 34 nafar fuqarolarning og‘zaki murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 31 ta shikoyat va arizalar qonuniy ko‘rib chiqilishi uchun qabul qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar bergan edi.