Yangiliklar

2024-yilda O‘zbekistonda qancha savdo xizmatlari ko‘rsatilgan

2023-yilning mos davriga nisbatan 10,5 foizga o‘sgan
Foto: Xorazm viloyati statistika boshqarmasi

Joriy yilning dastlabki yarmida O‘zbekistonda 59,7 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmdagi ulushi 22,3 foizni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 10,5 foizga o‘sgan.

Hududlar bo‘yicha eng baland ko‘rsatkich Toshkent shahrida 21,5 trln so‘m bo‘lgan. Eng past ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida deyarli 798 mlrd so‘mni tashkil etdi.   

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yetti oy ichida O‘zbekistonga qancha elektromobil import qilingani haqida xabar bergan edi.