Yangiliklar

2029-yilga qadar O‘zbekistonda 3,5 mingga yaqin mehmonxona xonalari paydo bo‘ladi

CMWP tadqiqoti ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: Booking.com

O‘zbekistonda mehmonxona xonalari fondi 2028-yil oxirigacha 3 565 taga ko‘payadi, deb ma’lum qildi Commonwealth Partnership (CMWP) Uzbekistan konsalting kompaniyasi. Uning press-relizi «Kursiv Uzbekistan» tasarrufida.

CMWP ma’lumotlariga ko‘ra, ochilishi rejalashtirilgan umumiy nomerlarning yarmidan ko‘pi (57 foiz) Toshkentda jamlanadi. Gap 2 035 ta xona haqida ketmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekistondagi mehmonxonalarning aksariyatining narxi yuqori. Rivojlanayotgan bozorlar uchun bu odatiy holat, deya ta’kidladi tahlilchilar.

2024-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga 3,5 mln xorijlik tashrif buyurgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-oktabrdan respublikadagi sayyohlik agentliklari va mehmonxonalar budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarib olishi mumkinligi haqida yozgan edi.