Yangiliklar

CMWP: Toshkentdagi savdo maydonlari bozori qariyb 50 foizga o‘sdi

Tahlilchilar tendensiyaning saqlanib qolishini prognoz qilmoqda
Rasm: sergeypeterman / www.depositphotos.com

So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistondagi savdo maydonlari bozori 46 foizga oshdi, deyiladi «Commonwealth Partnership (CMWP) Uzbekistan» konsalting kompaniyasi tadqiqotida. Tahliliy ishlar natijalari aks etgan press-reliz Kursiv Uzbekistan’da mavjud.

CMWP ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yarim yillikda Toshkentdagi sifatli savdo markazlarining birinchi qavatlarida o‘rtacha so‘ralgan stavka bir kvadrat metr uchun $41 ni tashkil etdi. Ko‘rsatkich 2,5 foizga oshdi.

O‘tgan ikki yil davomida xalqaro chakana savdo kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga faol kirib kelishi bilan ham ajralib turdi. Shu vaqt mobaynida mamlakatimizda jahon bozorining 20 dan ortiq yirik ishtirokchilari o‘z savdo shoxobchalarini ochdi.

«Yangi sifatli savdo markazlarining ochilishi munosabati bilan 2025-yilda savdo maydonchalarining umumiy hajmining ijobiy o‘sish tendensiyasini kutmoqdamiz», deyiladi xabarda.

CMWP ma’lumotlariga ko‘ra, yangi savdo markazlarining umumiy maydoni taxminan 153 ming kvadrat metrni tashkil etishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda uy-joy narxi haqida yozgan edi.