Dollarning rasmiy kursi 12 750 so‘mga yaqinlashmoqda
eʼlon qilindi
AQSh valyutasi 26,69 so‘mga qimmatlashdi
12-sentabr kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning rasmiy narxi 26,69 so‘mga ko‘tarildi va 12 741,76 so‘mni tashkil qildi.
Bugun moliya institutlarida dollarning xarid qilish narxi 12 655 – 12 710 so‘m etib belgilangan. Banklar AQSh valyutasini 12 720 – 12 790 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, respublikada 11-sentabr kuni dollarning qiymati 28,36 so‘mga o‘sgan edi.