«Ipak yoʻli durdonasi» XVI xalqaro kinofestivali noma’lum muddatga ko‘chirildi

eʼlon qilindi
Kinofestivalning o‘tkazilish sanasi bo‘yicha aniq ma’lumot berilmadi
Foto: Kinematografiya agentligi

2024-yil 15–19-sentabr kunlari poytaxtimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan «Ipak yoʻli durdonasi» XVI Toshkent xalqaro kinofestivali noma’lum muddatlarga koʻchirildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, xalqaro kinofestival muddatining ko‘chirilishiga mamlakatda futzal bo‘yicha jahon chempionatining o‘tkazilishi sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, bir nechta xalqaro konferensiyalar ham aynan kinofestival o‘tkazilish kuniga to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirda kinofestivalning o‘tkazilish sanasi bo‘yicha aniq ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Milliy kino saroyida «Pandemiya» filmining premyerasi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek