OAV: Samsung chet eldagi bo‘linmalarida xodimlarni 30 foizga qisqartiradi
Janubiy Koreyaning smartfon, televizor va chiplar ishlab chiqaruvchi Samsung kompaniyasi xorijdagi bo‘linmalarining 30 foizgacha xodimlarini ishdan bo‘shatmoqchi, deb xabar berdi Reuters agentligiga manbalar.
Kompaniya rahbariyati butun dunyo bo‘ylab sho‘ba bo‘linmalarida sotuv va marketing bo‘limlaridagi xodimlarni 15 foizini va ma’muriy xodimlarni 30 foizini qisqartirishga ko‘rsatma berdi. Reja yil oxirigacha Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrikada amalga oshiriladi.
Xorijiy bo‘linmalardagi qisqartirishlar texnologik gigantning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Reja kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyatiga ta’sir qilmasligi kerak.
2023-yil oxirida Samsung’da qariyb 268 ming xodim ishlagan. Ularning qariyb yarmi xorijda mehnat qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung prezidenti Li Chje Yong yangi smart soatlar va simsiz quloqchinlar Apple qurilmalariga o‘xshashi sababli kompaniyaning mobil bo‘linmasidan norozi ekani haqida yozgan edi.