Yangiliklar

Prezident Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

Hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Foto: President.uz

12-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalinlar bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya orasidagi keng qamrovli strategik sheriklik masalalari muhokama qilindi.

Foto: President.uz

Endilikda qabul qilingan «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq muntazam aloqalarni kuchaytirish, muzokaralar formati va kun tartibini kengaytirishga ta’kidlandi.

Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalari, xavfsizlik, xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Rossiya federatsiyasi hukumat raisini qabul qilgan edi.