«Qorasuv» chegara bojxona posti ochilgan kuniyoq Qirg‘izistondan kelin olib kelindi

eʼlon qilindi
Qirg‘izistonlik qiz Andijonga kelin bo‘lib keldi
Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Qoʻshni davlatdan Andijonga tushgan kelin bugun ochilgan «Qorasuv» chegara bojxona postidan ezgu niyatlar bilan Oʻzbekistonga qadam qoʻydi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, chegara bojxona posti ochilgan kunidan boshlab ikki millat orasida mehmondo‘stlik, quda-andalik rishtalari kuchaya boshladi.

Ochilgan chegara posti oʻzbek-qirgʻiz ellari oʻrtasidagi qarindosh-urugʻchilik aloqalariga ko‘prik bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston – Qirgʻiziston chegarasida ikkita bojxona posti ochilish marosimi haqida batafsil yozgan edik.

Shuningdek