Qozog‘istonda 12 yoshdan jinoiy javobgarlikka tortish taklif qilindi

eʼlon qilindi
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston maktablari xavfsiz emas
Foto: Kaztag

Qozog‘istonlik deputat Magerram Magerramov mamlakatda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik yoshini 14 yosh emas, balki 12 yosh qilib belgilash taklifini berdi. Bu haqda Kaztag nashri xabar qildi.  

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston maktablari xavfsiz emas, mamlakat aholisi bir necha bor voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan zo‘rlash, qotillik va boshqa shu turdagi og‘ir jinoyatlar haqida xabarlardan larzaga tushgan.

«Bizning fikrimizcha, zo‘ravonlikning ildizini yo‘q qilish zarur. Ammo hozirgi kunda yoshi sabab jinoyatchilar jazodan qochib qolmoqda», deydi Magerramov.

Deputatning ta’kidlashicha, maktab bolani jamiyatga integratsiya qilishda birinchi qadam, shu sababdan o‘qituvchilar bolalarning buzuq xatti-harakatlarining oldini olishga hamda bartaraf etish qobiliyatiga ega.

«Armiyamizda zo‘ravonlik, sog‘lom va kuchli yigitlarni nogironlikka olib keladigan baxtsiz hodisalarning manbalaridan biri maktablarimizda ildiz otgan bezorilik, zo‘ravonlik, banditizm va jinoyatchi hayot tarzini romantizatsiya qilishdir», deya tushuntirish berdi deputat.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda qiynoq oqibatida kelib chiqqan o‘lim holatlari uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek