Rossiya mehnat muhojirlariga oilalarini olib kelishni taqiqlamoqchi
eʼlon qilindi
Qonun loyihasi tayyorlanishi haqida Rossiya Davlat dumasi raisi ma’lum qildi
Rossiya Federatsiyasi parlamentining quyi palatasi – Davlat dumasi mehnat muhojirlariga Rossiyaga ishlash uchun oilalarini olib kelishni taqiqlovchi qonun loyihasini tayyorlaydi, dedi organ raisi Vyacheslav Volodin.
«Odam o‘zi ishlagani kelganidan keyin oila a’zolarini o‘zi bilan olib yurishi mumkin emas,» deya Volodindan iqtibos keltirdi «Interfaks» agentligi.
Davlat dumasi raisining so‘zlariga ko‘ra, tayyorlanayotgan qonun loyihasi deputatlarning katta qismi tomonidan «aniq qo‘llab-quvvatlanadi».
Shuningdek, Rossiya qonunchilari fuqarolik olish uchun zarur bo‘lgan nikoh muddatini ikki yilgacha uzaytirmoqchi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada noqonuniy mehnat muhojirlari maxsus reyestr yordamida hisobga olinishi haqida yozgan edi.