Yangiliklar

Rossiya va Amerika kosmonavtlari birgalikda koinotga uchirildi

Missiyaning davomiyligi 202 kun
Foto: Ria.ru

Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan ekipaji ikki nafar rossiyalik va bir amerikalikdan iborat «Soyuz-2.1a» raketasi Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) tomon kosmik parvozni amalga oshirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Kema ekipajida rossiyalik kosmonavtlar Aleksey Ovchinin va Ivan Vagner, shuningdek, amerikalik astronavt Donald Pettit bor.

Raketa uchirilganidan to‘qqiz daqiqa o‘tmay, «Soyuz MS-26»ni past Yer orbitasiga olib chiqadi va u XKSga mustaqil parvozini boshlaydi.

Bu safar parvoz sxemasi juda qisqa ikki orbitali parvoz sifatida tanlandi, stansiyaning rus segmentining Rassvet moduliga ulanishi Moskva vaqti bilan soat 22.33 da kutilmoqda. Missiyaning davomiyligi 202 kun bo‘lishi rejalashtirilgan.

Parvoz davomida rossiyalik kosmonavtlar 40 dan ortiq ilmiy tajriba o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ular dekabr oyida ham koinotga chiqishi mumkin.

Ayni paytda XKSda rossiyalik kosmonavtlar Oleg Kononenko, Nikolay Chub va Alesandr Grebyonkinlar, shuningdek, amerikalik astronavtlar Metyu Dominik, Maykl Barrat, Janet Epps, Treysi Dayson, Barri Uilmor va Sunita Uilyams bor.

Kononenko, Chub va Dayson «Soyuz MS-26» ekipaji bilan qisqa muddat o‘tib, «Soyuz MS-25» kosmik kemasida yerga qaytadi. Ularning qo‘nishi 2-sentabrga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA Marsda suv havzasi topgan edi.