Yangiliklar

Suzishga ajratilgan milliardlar Turkiyada dam olishga sarflandi

2 mlrd so‘mdan ortiq
Foto: T.me/uzbprokuratura

Suzish federatsiyasi rahbariyati suzishni rivojlantirish uchun ajratilgan milliardlar hisobidan o‘z yaqinlarini Turkiyaga dam olishga yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Unga ko‘ra, suzish sporti uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan terma jamoa a’zosi boʻlmagan, aslida Federatsiya Bosh kotibi A.G.ning oila a’zolari boʻlgan N.G., M.G va boshqa jami 15 nafar fuqaroni Turkiya davlatiga dam olishga yuborilib, 405 mln soʻm mablagʻ talon-toroj qilingan.

Yana, aslida oʻtilmagan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlar uchun soxta buyruqlar asosida 458 mln soʻm mablagʻlar noqonuniy oʻzlashtirilgan.

Shu bilan birga, Federatsiyaga xalqaro musobaqa va oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun homiylar tomonidan ajratilgan 1,2 mlrd soʻm mablagʻlar hech bir maqsadsiz sarflangani aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida O‘FA hisobchisi $350 ming talon-toroj qilib O‘zbekistondan qochib ketgan edi.