Tojikiston muftiysiga tig‘li jism bilan hujum bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hujum qilgan shaxs darhol qo‘lga olingan
Foto: Asia Plus

Joriy yilning 11-sentabr kuni taxminan soat 17:20 lar atrofida Tojikiston muftiysi Saidmukarrama Abdulqodirzodaga hujum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dushanbe markaziy masjidi yonida namozdan so‘ng muftiyga nisbatan o‘tkir tig‘li jism bilan tan jarohati yetkazildi.

Muftiy Saidmukarrama Abdulqodirzodaga yetkazilgan tan jarohati og‘ir emasligi inobatga olinib, shifokorlar ko‘rigidan o‘tgandan so‘ng uyiga javob berib yuborilgan. Hujum qilgan shaxs darhol qo‘lga olingani aytilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan Tojikiston IIV tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, falsafa fanlari doktori Saidmukarrama Abdulqodirzoda 2010-yildan buyon Tojikiston muftiysi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilning dastlabki sakkiz oyida bir qancha keskin xatoliklarga yo‘l qo‘ygan 8 nafar imom-xatib hamda 10 nafar imom noibi ishdan olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek