Vengriyaning OTP banki Oʻzbekistonda kapital bozorida maxsus rejim ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktorining birinchi oʻrinbosari Vyacheslav Pak Toshkentda boʻlib oʻtayotgan VI Cbonds konferensiyasidagi chiqishida ma’lum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, ILMA tegishli ma’lumotlarni yaqin kunlarda oʻz veb-saytida e’lon qiladi. Endi maxsus rejim ishtirokchilari roʻyxatida ikkita moliya instituti boʻladi. Birinchisi, joriy yilning fevral oyida kirish huquqiga ega boʻlgan Bank of Georgia hisoblanadi. Dastlabki bosqichda bank mahalliy bozorda muomalaga chiqarilgan davlat qimmatli qogʻozlari bilan ishlashni, ularni mijozlari uchun sotib olishni boshladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bank of Georgia Oʻzbekistonning davlat qarziga sarmoya kirita boshlagani haqida xabar bergan edi.