Yangiliklar

Xitoy Janubiy koreyalik futbolchi Son Jun Xoga bosim qilgan

Son va besh amaldorga umrbod diskvalifikatsiya e‘lon qilindi
Foto: Cnn.com

Janubiy koreyalik futbolchi Son Jun Xo Xitoy rasmiylari bilan kelishilgan o‘yinlar va poraxo‘rlikda ishtirok etgani haqidagi ayblovlarga iqror bo‘ldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ikki yillik tekshiruvdan so‘ng, 38 futbolchi, jumladan, Son va besh amaldorga umrbod diskvalifikatsiya e‘lon qildi.

«Men hech qachon kelishilgan o‘yinlarda qatnashmaganman, ularda bor yagona dalil bu mening majburlash ostida qilgan yolg‘on iqrorim. Agar ayblovlarni qabul qilmasam, xotinim ham hibsga olinadi va tergov qilinadi, deb tahdid qilishdi», deydi Son.

Janjal chiqqanidan beri Janubiy Koreya tomonida o‘z o‘rnini yo‘qotgan yarim himoyachi Xitoyda qariyb 10 oylik hibsdan so‘ng mart oyida qo‘yib yuborildi va uyiga qaytdi.

Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi va Sport bosh boshqarmasi seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida e’lon qilingan xulosalarga ko‘ra, Xitoyning uchta sobiq terma jamoasi Jin Jingdao, Guo Tianyu va Gu Chao ham umrbod diskvalifikatsiya qilindi.

Janubiy Koreyaning «Suvon FC» klubi bilan shartnoma imzolagan Son faoliyatini davom ettirishga umid qilayotganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa klublari va jahon brendlari Qozog‘istonda futbolni rivojlantirishga yordam berishi haqida yozgan edik.