Vyetnamda Yagi to‘foni oqibatida 200 ga yaqin odamlar halok bo‘ldi, 128 nafar kishi esa bedarak yo‘qolgan. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Vyetnamda to‘fon boshlanganidan buyon 800 dan ortiq kishilar jarohatlangan.
Seshanba kuni Vyetnam shimolidagi Lao Kay provinsiyasidagi Lang Nu qishlog‘ini suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni hafta boshida yana oshdi. Chorshanba kuni yuzlab qutqaruvchilar tomonidan omon qolganlarni qidiruv ishlari olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yagi to‘foni 143 kishini hayotiga zomin bo‘lgani haqida yozgan edik.