Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablar robototexnika to‘plamlari oladi

eʼlon qilindi
«Zamin education» loyihasi doirasida
Rasm: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Yangi o‘quv yili boshiga kelib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 19 ta maktabga robotlar va dasturlanadigan qurilmalarni yig‘ish uchun 190 ta to‘plami topshirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar beradi.

Shuningdek, «Zamin education» loyihasi doirasida 20 ta ta’lim muassasasiga mexatronika va robototexnika darsligining ikkinchi nashri topshirildi. Yangi darslik turli murakkablikdagi maxsus o‘qitish metodikalari va topshiriqlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, har bir o‘quvchiga fan va texnologiyalar yo‘nalishida o‘z ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, «Zamin Education» – eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun axborot texnologiyalari o‘quv-resurs markazi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT-maktab hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada yuqori sinflar uchun dronlar bo‘yicha darslik chop etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek