Futzal bo‘yicha jahon chempionati munosabati bilan poytaxtning ba’zi ko‘chalari yopiladi
eʼlon qilindi
«Humo» arenasiga yaqin ko‘chalar

14-sentabrdan 6-oktabrga qadar Toshkent shahrida futzal boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilishi munosabati bilan bir qancha yoʻllarda transport harakati qisman cheklanadi. Bu haqda YHXI matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Furqat – Beshyog‘och ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab, Beshyog‘och – Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha yopiladi. Shuningdek, Beshyog‘och – Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab,
Islom Karimov – Afrosiyob ko‘chalari kesishgan chorrahasi ko‘chasigacha bo‘lgan hududlarda avtomobil harakatlari cheklanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri «Ipak yoʻli durdonasi» XVI xalqaro kinofestivali noma’lum muddatga ko‘chirilgani haqida yozgan edi.