HAMAS BAA’ni Isroil foydasiga josuslik qilishda aybladi

eʼlon qilindi
Bu haqda Livandagi HAMAS yetakchisi bayonot berdi
Rasm: ShiaNews

BAA Isroilga raketalar uchiriladigan joylarning koordinatalarini bermoqchi edi, dedi Livandagi HAMAS yetakchisi Usoma Hamdan.

Hamdanning intervyusidan parcha Livanning «Hizbulloh» harakatining rus tilidagi Telegram-kanalida joylashtirilgan.

«BAA Amirliklarning Qizil Yarim oy niqobi ostida bir guruhni yubordi. Ularning vazifasi G‘azo sektorida raketalar uchiriladigan joylarni aniqlash va bu joylarning koordinatalarini sionist armiyaga yetkazish edi»— dedi Hamdan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSH HAMASga qarshi 2023-yil 7-oktabr kuni Isroilga qilingan hujum uchun jinoiy ayblov qo‘ygani haqida yozgan edi.

Shuningdek