Yangiliklar

Ilk bora 5 grammlik oltin quymasi narxi 5,4 mlndan oshdi

Oltinning narxi yil boshiga nisbatan 28 foizga oshdi
Foto: CNN

O‘zbekistonda oltin quymalari hamda qimmatbaho metallardan yasalgan esdalik tangalari narxi rekord darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bank regulyator xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 13-avgust kuni 5 grammlik oltin narxi 5,4 mln bo‘lsa, 1 gramm oltin narxi deyarli 1,08 mlnga yetdi. Avgust oyida 5 grammlik oltin narxi 5,18 mlnni (13-avgust) tashkil etib, hozirgi vaqtda narx 4,5 foizga o‘sgan.

Ma’lumot uchun, oltin quymalarining narxlari yil boshida 4,2 mln bo‘lgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda oltinning narxi yil boshiga nisbatan 28 foizga oshdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatda oltin narxlarining o‘sishi jahon bozorida oltin narxlarining o‘zgarib turishi bilan bog‘liq. Misol uchun, LBMA taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra 12-sentabr kuni tongda fiksing $2516,55 tashkil etgan bo‘lsa, tungi vaqtga kelib ushbu ko‘rsatkich $2545,95 dollarni tashkil etgan, ya’ni $29,4 ga yoki 1,1 foizga o‘sgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bir oy ichida barcha og‘irlikdagi oltin quymalarining narxlarida 4,5 foizga o‘sish kuzatilgani haqida xabar bergan edi.