Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani doirasida «Ijodiy startaplar tanlovi» e’lon qilindi
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani doirasida «Ijodiy startaplar tanlovi» e’lon qilindi. Tadbir Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Tanlovga arizalar 2024-yil 13 – 25 sentabr kunlari qabul qilinadi. Loyihalar taqdimoti 2024-yil 4-oktabr kuni CAEx’da bo‘lib o‘tadi, u yerda xalqaro komissiya uchta eng yaxshi jamoani tanlaydi. G‘oliblar IT Park O‘zbekistondan pul mukofotlari va Yoshlar ishlari agentligining ta’lim mukofotlariga ega bo‘ladi.
Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish uchun https://wcce.uz/pages/startup-page saytiga kirish kerak bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihalar tanlovi e’lon qilingani haqida yozgan edi.