Juma kuni Toshkent kichik halqa yo‘lining bir qismi yopildi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Ta’mirlash tufayli

Ta’mirlash natijasida Toshkentning Olmazor tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi yopildi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.
Soat 12:00 ga qadar Shimoliy Olmazor va Usta Olim ko‘chalari oralig‘idagi hudud harakat uchun cheklanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan avgust oyi oxirida Toshkentdagi Farobiy ko‘chasi yopilgani haqida yozgan edi.