Yangiliklar

Lacetti avtomobillari yonmoqda: UzAuto Motorsga nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Mashina xarid qilinganidan 5 oy o‘tib yonib ketgan
Rasm: Avtostrada

Raqobat qo‘mitasi UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan «Lacetti L-Stayle MT» qoraqalpog‘istonlikning avtomobili yonib ketgani sabab ish ochdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar beradi.

Mashina xarid qilinganidan 5 oy o‘tib yonib ketgan fuqaro shikoyat bilan murojaat qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, bunday holatlar Navoiy viloyatida ham qayd etilgan.

Qo‘mita UzAuto Motors va «Psm-Avtosavdo» dileriga nisbatan iste’molchilar huquqlarini buzgani uchun ish ochdi. Ehtiyot chorasi sifatida ariza beruvchining mashinasi bilan bir vaqtda ishlab chiqarilgan 37 ta avtomobil chaqirib olindi.

Jabrlangan fuqaroning avtomobilini yangisiga almashtirishdi va UzAuto Motors unga neustoyka (penya) to‘lashga majbur bo‘ldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Tracker avtomobillarining narxini oshirishi haqida yozgan edi.