Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan shu yilning avgust oyidagi yigʻilishlarida 42 ta masala koʻrildi. Bu haqda Regulyator ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, roʻyxatga olish va ruxsat berishga oid 30 ta masala ko‘rib chiqildi. Kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazishda 7 ta, mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish yuzasidan 1 ta va boshqa yo‘nalishlarga doir 22 ta masala muhokama qilindi.
Shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala – Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial me’yorlari talablari ijrosi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotida oʻtkazilgan oʻrganish va tekshirishlar natijasi muhokama ostida bo‘ldi.
Markaziy bank aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 2 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qoʻlladi.
Bundan tashqari, 7 ta mikromoliya tashkiloti, 2 ta toʻlov tizimi operatorlari va 27 ta tijorat banklari ogohlantirish oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq litsenziyasi bekor qilingan aksiyadorlik jamiyati haqida yozgan edik.