Oʻzbekiston oltin uchun fyucherslarni joriy etish ustida ishlamoqda
Oʻzbekiston Respublikasi valyuta birjasi (OʻzRVB) turli asosiy aktivlar, jumladan, oltin narxi boʻyicha fyucherslarni joriy etish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga Toshkentda boʻlib oʻtgan VI Cbonds forumida OʻzRVB direktori Rashid Usmonov ma’lum qildi.
Hozirgi kunda OʻzRVBda faqat dollar kursi boʻyicha fyucherslar mavjud. Birja rahbarining soʻzlariga koʻra, qisqa va uzoq muddatli shartnomalar taqdim etilgan.
OʻzRVB ushbu vositani 2022-yilda ishga tushirgan. Shuni inobatga olish kerakki soʻnggi bitim bir yil oldin 2023-yil 23-oktabrda amalga oshirilgan.
Birja rahbari talabning yoʻqligini quyidagicha izohladi: «Bu bozorni tushunishning yetarli darajada rivojlanmaganini qayd etgan boʻlardim. Biz moliyaviy savodxonlik orqali bu bozorni rivojlantirishga harakat qilmoqdamiz, koʻplab maʼlumotlarni tarqatmoqdamiz, banklar bilan ishlayapmiz. Bozorni yanada faolroq qilish uchun Initial Margin qisqa muddatli fyucherslar uchun 5% dan 2% gacha tushirdik va uzoq muddatli fyucherslarni joriy qildik», dedi birja rahbari.
Avvalroq «Kursiv», fyucherslar tashqi savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlar – tovar yoki xizmatlarni import va eksport qiluvchi kompaniyalar foydalanishi mumkin, shuningdek, valyuta kursi oʻzgarishi tufayli potentsial zararlarni oldini olishni istagan kompaniyalar uchun ham foydalidir. Boshqacha qilib aytganda, fyucherslar valyuta xavfidan himoyalanishni istagan barcha uchun foydali ekanligi haqida xabar bergan edi.