O‘zbekiston endi kiberxavfsizlik rivojlanayotgan davlatlar qatorida
Joriy yilgi Global Cybersecurity Index hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston kiberxavfsizlik rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiritildi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakat 89,2 ball to‘pladi. Ushbu ko‘rsatkich 2021-yilda 71,11 ballni tashkil qilgan. Shuningdek, T2 Advancing toifasiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya davatlari ham kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, Oʻzbekistonning T2 Advancing toifasiga kiritilishi mamlakatimizda ushbu sektorga alohida e’tibor qaratilayotganining tasdigʻidir.
«Albatta, hali bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar juda ko‘p, ayniqsa, raqamli texnologiyalar hayotimizga keng kirib kelayotgan davrda aholimizning barcha qatlamlarini kiberxavfsizlik tahdidlaridan ogoh bo‘lib, firibgarlarga ishonmaslik ko‘nikmalarini shakllantirish eng qiyin bo‘lgan vazifalardandir», deydi Shermatov.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonda UzSOC Kiberxavfsizlik markazi ochilgani haqida xabar bergan edi.