Yangiliklar

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari havo hujumidan himoya qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib bormoqda – foto

10 – 14-sentabr kunlari
Rasm: Qozog‘iston mudofaa vazirligi

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari «Ashiq aspann – 2024» («Tinch osmon») havo hududini himoya qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda, deya xabar berdi Qozog‘iston Mudofaa vazirligi.

Harbiy havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining mashqlari 10 – 14-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Qozog‘iston havo mudofaasi kuchlari bosh qo‘mondoni general-leytenant Dauren Kosanovning ta’kidlashicha, bunday mashg‘ulotlar doimiy ravishda o‘tkaziladi.

Ikki mamlakat harbiylari mudofaa qobiliyatini oshirish bo‘yicha amaliy tajriba olmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

Mashg‘ulotlar davomida Qirg‘iziston va Tojikiston qurolli kuchlari bilan o‘zaro hamkorlik ishlab chiqildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan sentabr oyi boshida O‘zbekistonda «Vostok-Antiterror-2024» antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazilgani haqida yozgan edi.