Coca-Cola O‘zbekistonda ishlab chiqarishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd bosh direktori Ezel Agaoglu 12-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zR investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan ushbu masalani muhokama qildi.
Eslatib o‘tamiz, Coca-Cola O‘zbekistonda 1993-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy yilning may oyida korporatsiya Samarqand viloyatining Jomboy tumanida to‘rtinchi zavodini ochdi.
Namangandagi beshinchi zavod 2025-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Anadolu Group kompaniyasi bosh direktori Jeyms Kuinsi va raisi Tunjay O‘zilxon bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Kompaniya atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ham faol hissa qo‘shmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi «Coca-Cola İçecek»ning O‘zbekistondagi bo‘linmasi aksiyalarining nazorat paketiga $250 mln kredit berdi.
Ushbu mablag‘ evaziga respublikadagi eng yirik alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxona plastik idishlarni qayta ishlaydi, kompaniyada ishlaydigan ayollar sonini ko‘paytiradi va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qiladi.
Coca-Cola – dunyodagi eng qimmat alkogolsiz ichimliklar brendi. Uning qiymati $33,5 mlrd baholanmoqda.