Qozog‘istonda yo‘lovchi avtobus ko‘prikdan qulab tushdi

13-sentabr kuni Qozog‘istonning Qaskelen shahriga kirish qismida sodir bo‘lgan og‘ir YTH oqibatida 8 kishi jabrlandi. Bu haqda Zakon.kz veb-sayti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 78-yo‘lovchi avtobusi janubga, Qaskelen shahri tomon harakatlanayotgan avtobus haydovchisining qand kasali xuruji tufayli ahvoli yomonlashgan.

Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus beton to‘siqqa borib urilgan.
Kuchli zarbadan qarama-qarshi harakatga o‘tib ketgan avtobus avval to‘siqqa urilgan, so‘ng panjarani buzib o‘tigan va ko‘prikdan Toshkent shossesiga, Bishkekdan Olmaotaga ketayotgan Mercedes-Benz Sprinter mashinasi ustiga qulagan.
Baxtsiz hodisada sakkiz kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Qurbonlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda yuz bergan YTH oqibatida fuqaro vafot etgan edi.