Yangiliklar

Ronaldu millard obunachiga ega tarixdagi ilk shaxsga aylandi

Ayni paytda 1 000 188 000 dan ortiq
Foto: Francois Nel / Getty Images

Portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlaridagi obunachilari 1 mlrddan oshdi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Instagram sahifasida 639 mln, Facebook sahifasida 170 mln, X ijtimoiy tarmog‘ida 113 mln, YouTube kanalida 60 mln, Kuaishou sahifasida 9 mln va Weibo’da 7,5 mlndan ortiq inson Ronalduni kuzatib boradi.

«Biz tarix yaratdik – 1 MILLIARD obunachi! Bu shunchaki raqamlar emas – bu bizning umumiy ishtiyoqimiz, harakatimiz va o‘yinga bo‘lgan muhabbatimizdan dalolat beradi.

Madeyra ko‘chalaridan tortib, dunyodagi eng katta sahnalarigacha men har doim oilam va siz uchun o‘ynaganman va hozir biz 1 milliardmiz.

Siz men bilan har qadamda, barcha cho‘qqilar va pastliklar orqali birga bo‘ldingiz. Bu sayohat bizning sayohatimiz va birgalikda biz erisha oladigan narsalarning chegarasi yo‘qligini ko‘rsatdik.

Menga ishonganingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz va hayotimning bir qismi bo‘lganingiz uchun tashakkur. Eng yaxshisi hali oldinda va biz birga harakat qilishda, g‘alaba qozonishda va tarix yaratishda davom etamiz», deydi Krishtianu.