Yangiliklar

Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi nishonlanadi

Davlat rahbarining qaroriga muvofiq
Foto: Culture.ru

Prezident qaroriga muvofiq Temuriylar davri olimi va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi Samarqand shahrida keng nishonlanadi. Bu haqda UzA.uz ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bayram doirasida mamlakatimizda Ulug‘bekka bag‘ishlangan «Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmi taqdim etiladi. Davlat teatrlarida ham olimning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan spektakllar namoyish etiladi.

630 yilligi munosabati bilan «Ziji Jadidi Ko‘ragoniy» asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida, «To‘rt ulus tarixi» tarixiy asari esa o‘zbek tilida qayta nashr etiladi.

Avvalroq «Kursiv Uzbekistan» O‘zbekiston Boshqirdistonga Ufa shahrining 450 yilligi sharafiga zamonaviy o‘tov sovg‘a qilgani haqida yozgan edi.