Sharq mevaxo‘ri yana o‘zbek nektarlaridan topildi
Fitosanitariya nazorati bo‘yicha rossiyalik mutaxassislar o‘zbek nektarining ikki partiyasida zararkunanda – sharq mevaxo‘ri borligini aniqladi. Mevalar zararsizlantirish uchun yuborildi, deb xabar berdi Rosselxoznadzorning Ural mintaqalararo boshqarmasi.
Zararkunanda Yekaterinburgdagi omborda xorijiy mevalarni karantin tekshiruvi davomida aniqlangan. Og‘irligi 4,2 tonna bo‘lgan nektarlar partiyasi ko‘zdan kechirildi.
Zararlangan mevalar dezinfeksiyaga yuborildi. Ularni savdo rastalariga chiqarish to‘g‘risidagi qaror qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazilgandan so‘ng qabul qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistondan Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk o‘lkasiga kelgan sabzavot va mevalar partiyasida sharq mevaxo‘ri aniqlangani haqida yozgan edi.