
Shimoliy Koreya davlat matbuot xizmati uranni boyitish bo‘yicha ilgari oshkor etilmagan baza ichidan olingan yangi suratlarni e‘lon qildi. Bu haqda Gizmodo internet nashri ma’lum qildi.


Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya davlat matbuoti Kim Chen Inning Pxenyandagi kapitoliyning g‘arbiy qismidagi Kangson nomli hududdagi yadroviy inshootni kezayotgani tasvirlangan beshta suratni chop etdi.

Kim oʻz nutqida Shimoliy Koreyaga bundan ham koʻproq sentrifuga va koʻproq yadro quroliga ehtiyoj borligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon raketa uchirgan edi.