Tramp Harris bilan bahslarda qatnashmaslikka qaror qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti va ushbu lavozimga nomzod Donald Tramp o‘z raqibi Kamala Harris bilan bahslarning keyingi bosqichida ishtirok etmaydi. Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida shunday bayonot bilan chiqdi.
«Bokschi jangda yutqazganida, birinchi aytgan so‘zi: «Men revansh olishni xohlayman!» So‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, seshanba kuni men Kamala Harris bilan bahslarida g‘olib chiqdim va u darhol yana bir bahs o‘tkazishga chaqirdi. (…) Bahs-munozara bo‘lmaydi!» – deb yozdi Tramp o‘z postida.
Tramp, shuningdek, Harris va AQShning amaldagi prezidenti Jo Baydenni «mamlakatni vayron qilishda» aybladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bayden va Harris bahslari haqida yozgan edi. Uchrashuv yakunida PredictIt kompaniyasi Trampning saylovda g‘alaba qozonish imkoniyatini 47 foizga, Harrisni esa 55 foizga baholagan xabarni e’lon qildi.