Yangiliklar

Turkiyaga uchayotgan fuqaro $16 mingni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Qiymati 203 mln so‘mdan ziyod qiymati 203 mln so‘mdan ziyod bo‘lgan
Foto: «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati

Istanbulga uchayotgan fuqaro tomonidan bugungi kunda qiymati 203 mln so‘mdan ziyod bo‘lgan, olib chiqilishi me’yordan ortiq bo‘lgan pul mablag‘lari aniqlandi. Bu haqda «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportidan Toshkent — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Ko‘rik natijasida fuqaroning chap cho‘ntagidan olib chiqilish me’yoridan ortiq bo‘lgan jami $16 ming aniqlangan.

Xabarda ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent aeroportida toʻpponcha olib oʻtmoqchi boʻlgan xorij fuqarosi qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.