O‘zbekistonda navbatdagi Umra mavsumi o‘tgan seshanba, 10-sentabr kuni boshlandi. Mamlakat musulmonlari idorasi Kursiv Uzbekistan’ga umra ziyorati qanday amalga oshirilishi va bu uchun qancha pul sarflanishi haqida ma’lum qildi.
«Kichik haj»ni bajarish uchun nima kerak?
Musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘lmish Qur’onda: «Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting…» (Baqara surasi, 196-oyat) deb yozilgan.
Ikkalasi ham islomning besh ustunidan biri hisoblanadi. Haj uchun faqat ma’lum bir oy ajratilgan bo‘lsa, umra boshqa vaqtda ham amalga oshiriladi.
Umraning yana bir farqi shundaki, uning asosiy amallarini bir necha soat ichida bajarish mumkin, Haj amallari esa uch-to‘rt kunni talab qiladi.
Umra va haj ziyoratiga boruvchilarga bir xil talablar qo‘yiladi. Bunday shartlarning soni beshta:
- Tavhid yoki oddiyroq qilib aytganda, Yaratganga iymon keltirish;
- Musulmon balog‘at yoshiga to‘lgan bo‘lishi;
- Insonning aqli butun bo‘lishi;
- Inson qullikdan, asirlikdan, qamoqxonadan ozod bo‘lishi kerak. Bu hurriyat deb ataladi.
- Oxirgi majburiyat «istitoat» bo‘lib, Mo‘minning sog‘lig‘i, sayohat yoki shaxsiy transport uchun puli bo‘lishi kerak. Qolaversa, ziyoratchi o‘zi yo‘qligida oilasi muhtoj bo‘lmasligini va Makkaga boradigan yo‘li xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi kerak.
Ayollar uchun qo‘shimcha talablar
Ayollar uchun shariatga ko‘ra, hajga borishda faqat ikkita cheklov mavjud. Ulardan birinchisi, safarga ayollar yaqin erkak qarindoshi (mahrami) hamrohligi bilan borishlari kerak. Bular: eri, aka-ukasi, otasi yoki o‘g‘li bo‘lishi mumkin. Lekin ba’zi bir ulamolar orasida ayollar boshqa ayollar bo‘lgan guruhda bo‘lishi mumkin degan fikrlar mavjud.
Ikkinchi talab ajrashgan va ajrashgandan keyin hali to‘rt oy-yu o‘n kun o‘tmagan ayollarga nisbatan qo‘llaniladi. Islomda bu davr «idda» deb ataladi va bu ayolning homilador emasligiga ishonch hosil qilish uchun zarurdir.
Umrada musulmonlar nima qiladi?
Umra uchta ustundan iborat bo‘lib, ularning har biri bir qancha amallarni bajarish yoki taqiqlashni nazarda tutadi:
Ehrom ziyoratchining ruhiy va jismoniy poklik holatidir. Musulmon kishi ehromga erishish uchun niyat qiladi, badaniga tahorat oladi va oq libos kiyadi, bu libos ham ehrom deb ataladi. U ikkita mato va shippakdan iborat:
Ayollar uchun ehrom shariat me’yorlariga mos keladigan oddiy kiyimdir. Ehrom holatida ziyoratchi jahl qilmasligi, birovga ozor bermasligi, savdo-sotiq qilmasligi, jinsiy yaqinlik qilmasligi va boshqa dunyoviy ishlar bilan shug‘ullanmasligi kerak.
Makkaga quruqlik orqali yo‘l olgan ziyoratchilar «miyqot» degan joyda niyat qilib ehromni o‘rashadi. Miyqotni odatda guruh rahbari ko‘rsatadi. Miyqot — bu sizning ziyoratingizning boshlang‘ich nuqtasidir.
Agar siz samolyotda uchayotgan bo‘lsangiz, uchuvchi miyqot nuqtasini kesib o‘tishni oldindan e’lon qiladi. Miyqot ustida uchayotganda yo‘lovchilar faqat niyat qilishlari kerak va Makkaga kelganlarida ehromlarni kiyishadi.
Ziyoratchi eng muhim islomiy shaharga kelgandan so‘ng Al-Haram masjidiga Ka’baga borishi kerak. Musulmonlarning asosiy ziyoratgohida umraning ikkinchi ustuni vaqti keldi: bu yerda tavof qilinadi.
Tavof – Islomda hurmatga sazovor bo‘lgan Ibrohim payg‘ambar davrida imonlilar o‘tkazgan qadimiy marosimdir. Tavof vaqtida ziyoratchilar Ka’bani yetti marta aylanib chiqishadi.
Har bir aylanishning boshi va oxiri masjid devorida maxsus belgilar bilan belgilangan. Erkaklar tavof paytida o‘ng yelkasi ochiq, chap yelkasida esa ehrom bog‘langan bo‘lishi afzaldir.
Tavof paytida siz iltijolar bilan Qodir Tangriga murojaat qilishingiz kerak hamda Qur’on o‘qishingiz mumkin. Bundan tashqari, har bir aylanish boshida va oxirida qisqa duolar o‘qiladi.
Tavofni tamomlagandan keyin ikki rakat namoz o‘qiladi. So‘ngra ziyoratchilar Safo tepaligiga qarab yo‘l bo‘ylab zamzam suvini ichadi. Tepada ziyoratchilar uchinchi ustunga – sa’yga o‘tishadi.
Sa’y — Safo va Marva tepaliklari orasida yugurish. Musulmonlar Safoga chiqib, uning ustida yuzlarini Ka’baga qaratib duo o‘qiydilar, Marvaga qarab, uning etagida duo o‘qiydilar. Bu tepaliklar orasidan yugurish ushbu amalga (sa’y) nom bergan. Ziyoratchilar bu amalni ham yetti marta bajarishlari kerak.
Ushbu amallarni bajarish davomida ziyoratchilar duo, oyatlarni o‘qiydilar va Allohni eslashadi.
Safodan Marvagacha bo‘lgan yo‘l sa’yning bir qismi hisoblanadi, qaytish yo‘li esa ikkinchi sa’yning ikkinchi qismidir. Shunday qilib, ziyoratchi Marvaga to‘rtinchi marta yetib olib Sa’y marosimini yakunlaydi, shundan so‘ng sochini qisqartirish marosimini bajarishi mumkin.
Erkaklar sochlarini qisqartiradilar yoki butunlay olib tashlaydi. Ayollar uchun barmoq uzunligidagi soch tolasini kesish kifoya. Bu vaqtda umra tugallangan hisoblanadi.
Ziyorat paytida musulmonlar odatda Islomdagi ikkinchi muhim shahar – Madinaga tashrif buyurishadi. Madinaga sayohat Umraning majburiy qismi emas, lekin u muqaddas joylarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
Umraga borish uchun qancha pul sarflanadi?
Umraga bormoqchi bo‘lganlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Haj va umra» markaziga murojaat qilishi kerak. Ziyoratlarni tashkil etish xizmati narxi 16,6 million so‘mni tashkil etadi.