Madaniy meroslarni noqoqnuniy olib chiqishni oldini olishda O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Bitim joriy yilning 24-yanvarida tasdiqlangan
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston hamda Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarni oldini olish bo‘yicha bitim tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur bitimda madaniy meroslarni noqonuniy olib chiqish va olib kirish, o‘g‘irlash, noqonuniy qazib olish va boshqa harakatlarni oldini olishga doir masalalar kiritilgan. Bitim joriy yilning 24-yanvarida tasdiqlangan.

Mazkur xakqaro shartnomani amalga oshirishda vakolatli organ sifatida Madaniy meros agentligi tayinlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasi bilan innovatsion loyihalarni muhokama qilgani haqida xabar bergan edi.  

Shuningdek